Vladimir Putin olti nafar o‘zbekistonliklarga Rossiya fuqaroligini berdi

MDH respublikalaridan jami 40 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi. Ularga, fuqarolik qasamodini qabul qilganlaridan so‘ng, Rossiya fuqarosi pasporti beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 40 nafar kishiga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risida farmonni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Rossiya fuqaroligi 6 nafar — O‘zbekiston, Afg‘oniston, Moldaviya, Tojikiston fuqarolari, 5 nafar — Ukraina fuqarolari, 3 nafar Ozarbayjon fuqarolari, 2 nafar — Armeniya va Qozog‘iston fuqarolari. Shuningdek, bir kishidan Vyetnam, Turkmaniston, Marokko va Belarus fuqarolari bor.

Farmon talablariga ko‘ra, shaxslar qasamod qabul qilgandan keyin fuqarolikni oladi. Voyaga yetmaganlar bundan mustasno — bolalar ularning ota-onalari qasamod qabul qilgandan keyin fuqarolikni qabul qilishadi.