O‘zbekiston va Tojikiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qiladi

Tomonlar kelgusida birgalikda loyihalarni ishlab chiqish, ilmiy konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil qilish, mutaxassislar almashinuvi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi bilan Tojikiston iste’molchilar uyushmasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Hujjat o‘zbek delegatsiyasi Tojikistonga tashrifi doirasida imzolandi. Hujjat talablariga ko‘ra tomonlar kelgusida loyihalarni ishlab chiqish, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlarni tashkil qilish, mutaxassislar almashinuvi sohalarida hamkorlik qilishadi.

Uchrashuvda tomonlar mazkur sohadagi tajribalari va ish uslublari bilan almashishdi.

Tojikistondan O‘zbekistonga sement yetkazib berish 16 baravarga oshdi

"Xorijiy sheriklar bilan hamkorlik imkoniyatlarni kengayishiga, ish jarayonida innovatsion uslublarni tatbiq etishga yordam beradi. Bugungi kunda federatsiya tomonidan turli xorijiy davlatlardagi bu kabi o‘nlab tashkilotlar bilan sherikchilik aloqalar o‘rnatildi. Yaqin hamkorlik natijasida loyihalar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Amaliy faoliyat takomillashtirilib, tajriba almashish va xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi", — deb ta’kidladi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyat federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Tojikiston iste’molchilar uyushmasi direktori Ilxom Abidov Tojikistonda o‘zbekistonlik sheriklari bilan uchrashishdan xursand ekanini va barcha yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Hozirgi vaqtda Samarqandda o‘zbek-tojik biznes-forumida 107 million dollarlik 170 ta shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Samarqandlik ishbilarmonlar meva sabzavot, tekstil, qurilish materiallari eksport qilish bo‘yicha 87 ta shartnoma imzolandi. Tojikiston sayyohlarni O‘zbekistonga tashriflarni amalga oshirish bo‘yicha 10 ta sayyohlik firmalari kelishib olishdi.