TOShKENT, 24 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Urganch tumanidagi "Ulli hovli" majmuasini tomosha qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
O‘n yettinchi asrda qurilgan majmuada qadimiy hovlilar, turkman madaniyatiga oid osori-atiqalar, ularni o‘rab turgan qo‘rg‘on saqlanib qolgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bu yerda ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yigirma o‘rinli mexmonxona qurildi. Turkman o‘tovlari o‘rnatildi. Sayyohlik va ziyorat turizmi uchun barcha sharoit yaratildi.
Xabarda aytilishicha, prezidentlar tashrifi davomida bu yerda o‘zbek va turkman mumtoz qo‘shiqlaridan namunalar ijro etildi.
Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi.