TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib oldi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, Xorazmda ushbu tashrifga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch xalqaro aeroporti va ko‘chalarga minglab odamlar chiqqan.
Tashrif dasturidan bir qator madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi "Ulli hovli", Xiva shahridagi "Ichan qal’a" va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib ko‘rishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, prezidentlar Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston — Turkmaniston san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etishadi.