TOShKENT, 23 apr — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) gaz quvuri qurilishi loyihasida ishtirok etadi, dedi dushanba kuni Turkmanboshi Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuvi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
So‘ngra Mirziyoyev va Berdimuhammedov OAV vakillariga murojaat bilan chiqish qildilar.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev OAV vakillariga murojaatida, Turkmanboshining O‘zbekistonga qilgan tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini, ikkala tomonning muhokama qilmagan masalalari qolmaganligini alohida qayd etib o‘tdi.
Xususan, Mirziyoyev jurnalistlarga O‘zbekiston TAPI loyihasida ishtirok etishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti buning uchun alohida komissiya tuzilishini va ushbu komissiya Ashxobodga borib, O‘zbekiston qaysi nuqtalarda TAPI loyihasida ishtirok etishi mumkinligini o‘rganishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, TAPI gaz quvur loyihasi Turmaniston g‘arbidagi Galkinish gaz qazib chiqarish koni bilan Hindiston va Pokiston chegarasida joylashgan Fazilka punktini ulash ko‘zda tutilgan. 2015-yil dekabr oyida 214 km uzunlikda bo‘lgan gaz quvurini qurish ishlari boshlangan.