Toshkentda yana 22ta estakada quriladi

Toshkent shahrida oxirgi yillarda qurilgan uchta yo‘l tugunlari tirbandliklardan qutilishga imkon yaratdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkentda avtomobil transporti oqimini yengillashtirish maqsadida yana 22ta estakada qurish rejalashtirilgan deb, xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida jurnalistlarga Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Barat Mamenov xabar qildi.

“Qurilgan yo‘l o‘tkazgichlar tufayli Toshkent shahridagi harakat murakkab bo‘lgan joylarda tirbandlik paydo bo‘lmayapti. Oxirgi vaqtda uchta ana shunday estakada qurilgan edi. Ayni damda Bunyodkor va Cho‘ponota chorrahasida yo‘l o‘tkazgich qurilmoqda. Ushbu ijobiy tajribani hisobga olgan holda, biz yana 22ta transport tugunlari qurish haqida taklif kiritdik”, — dedi Mamenov.

YHXB rahbari yangi transport infraqurilma obyektlari shaharning aynan qaysi chorrahalarida qurilishini keyinroq xabar  qilishga va’da berdi.