O‘zbekiston havo yo‘llari samolyot va vertolotlarni sotuvga qo‘ydi

Milliy aviakompaniya Il-76, Airbus A-310, Avro RJ85 samolyotlarini, Mi-8 vertolotlarini hamda 100dan ortiq aviatsiya dvigatellarini sotuvga chiqardi.
Sputnik

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi ekspluatatsiyadan chiqarilgan va saqlanayotgan aviatsiya texnikasini sotuvga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda kompaniya rasmiy sahifasi.

Xususan, 6ta Il-76 samolyoti,  3ta Airbus A-310 va 3ta Avro RJ yo‘lovchi samolyotlari sotuvga chiqarilgan. Il-76 samolyotlari narxi 1,4 – 2,7 mln., Airbuslar narxi 1,2 – 2 mln., RJ85 samolyotlari 1-2,8 mln. AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Undan tashqari Milliy aviakompaniya 4ta Mi-8 vertolotlari va 138ta aviadvigatellarni sotuvga qo‘ygan.

Sotuvga chiqarilgan barcha aviatsiya texnikasi haqida batafsil ma’lumotni kompaniya saytida ko‘rish mumkin.