O‘zbek kurashi: Shahrisabzda o‘tgan xalqaro turnirning eng yorqin lahzalari

Sputnik

Shahrisabz shahrida kurash bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Yettinchi bor o‘tkazilayotgan turnirda ishtirok etish uchun dunyoning 29 davlatidan polvonlar tashrif buyurdilar. Musobaqaning mutlaq vazn toifasida o‘tgan final bellashuvida turnirning bosh sovrini — 10 ming AQSh dollari mukofoti va oltin medal — Qashqadaryo polvoni Sherali Jo‘rayevga nasib etdi.

Eronlik Jafar Pahlavoniy ikkinchi, qashqadaryolik Ilhom Jo‘rayev va mo‘g‘ulistonlik Anar Dorch uchinchi o‘rinlarni egalladi.