TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan MDHning do‘stona armiyalari orasida o‘tkaziladigan "Qo‘mondonlar startlari" musobaqasida O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Chempionatda Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston sport jamoalari ishtirok etdi.
Chempionat dasturidan yengil atletika estafetasi, suzish, o‘q otish, gimnastika va yengil atletika bo‘yicha bellashuvlar o‘rin olgandi.
Birinchi o‘rinni Rossiya terma jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Belarus termasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Rossiya Qurolli kuchlarida Jismoniya tarbiya boshqarmasi rahbari Andrey Zikov musobaqalarda ilk bor ishtirok etib sovrinli o‘rinni egallagan O‘zbekiston terma jamoasini alohida e’tirof etdi.
"Qo‘mondonlik startlari" musobaqasi Rossiyada 2013-yildan boshlab o‘tkazib kelinmoqda. 2015-yilda ushbu musobaqa MDH davlatlari orasida o‘tkaziladigan spartakiada o‘yinlari tarkibiga kiritilgan edi.