TOShKENT, 19 apr — Sputnik.Bir necha daqiqda oldin Qandim gazni qayta ishlash zavodi ochilish marosimi yakunlandi, deb xabar qilmoqda Sputnikmuxbiri voqea joyidan.
Yangi zavodni ishga tushirish sanasining aynan 19-aprelga to‘g‘ri kelishi bejiz emas. Roppa-rosa ikki yil oldin aynan 19-aprel kuni ushbu zavod qurilishi boshlangan edi. Hyundai Engineering boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi barcha ishlarni muddatidan 8 oy oldin yakunlashdi. Loyihaning umumiy qiymati 3,4 milliard dollardan oshdi.
Qandim gazni qayta ishlash zavodi yiliga 8 milliard metr kub gazni qayta ishlaydi. Bu yerda tarkibida vodorod sulfidi bo‘lgan gazdan toza tabiiy gaz, gaz kondensati va oltingugurt olinadi. Zavodda tayyor mahsulotni magistral quvurlar orqali eksportga yo‘llash va transportga yuklash tizimlari mavjud.
Zavodga gaz xom ashyosi Qandim guruhining 6 ta gaz konlaridan yetkazib beriladi: Qandim, Kuvachi-Olot, Akkum, Parsanko‘l, Hoji, G‘arbiy Hoji. Ushbu konlar Turkmaniston bilan chegara yaqinida joylashgan. U yerda 77ta gaz quduqlari kovlangan.
Eslatib o‘tamiz, Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishi mahsulotni bo‘lish shartnomasiga ko‘ra amalga oshirilgan. Dastlab shartnoma muddati 35-yil (2039 yilga qadar) belgilangan edi. 2015-yilda uning muddati yana 7-yilga (2046 yilga qadar) oshirildi.
Lukoyl kompaniyasining O‘zbekistonga qilingan sarmoyalari miqdori ayni damda 7 milliarddan oshgan.Kompaniya O‘zbekiston bozorida 15-yildan buyon ishlab kelmoqda.