Sharqiy Gutada Solsberida ishlab chiqarilgan tutunli shashkalar topildi

O‘ninchi aprel kuni Vashington Damashqni Sharqiy Gutadagi Duma shahrida tinch aholiga nisbatan kimoviy hujum uyushtirishda aybladi
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Suriya hukumat qo‘shinlari Sharqiy Gutada G‘arbda ishlab chiqarilgan xlor va tutunli shashkalarni topdi, deb ma’lum qildi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

Suriyadagi obyektlarga qarata yuzdan ortiq raketa uchirilgani aytilmoqda

"Sharqiy Gutadagi ozod qilingan hududlarda Suriya hukumat qo‘shinlari tomonidan kimoviy qurolning eng dahshatli turi – xlorli konteynerlar – Germaniyadan keltirilgan hamda diqqat qiling – Solsberida ishlab chiqarilgan tutunli shashkalar topildi", — dedi u Moskvadagi brifingda.

"Bu faktni qandaydir tarzda izohlash ham qiyin, bu shunchalik dahshatli va ayrim davlatlarning insoniyligiga bo‘lgan ishonchingni parchalab tashlaydi. Biz albatta, butun boshli davlatlar haqida gapirmayapmiz, balki mana shunday buyruqlar beradigan va mana shunday qarorlar qabul qiladigan ayrim siyosatchi va rahbarlar haqida gapirapmiz", — dedi Zaxarova.

O‘ninchi aprel kuni Vashington Damashqni Sharqiy Gutadagi Duma shahrida tinch aholiga nisbatan kimoviy hujum uyushtirishda aybladi.

AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya 14-aprel kuni kimoviy qurol ishlab chiqarilmoqda deya taxmin qilingan Suriya hukumat obyektlariga zarba berdi. Ular yuzdan ortiq raketa zarbasi berdi, ulardan 71tasi Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi.