Mirzo Ulug‘bek tumanining avvalgi hokimi yana o‘z lavozimiga qaytdi

Tuman ma’muriyatini boshqargan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Shavkatbek Irgashev yana Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimini egalladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar tuman ma’muriyatini boshqargan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shavkatbek Irgashev 2005-2013 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumanini boshqargan. Ungacha esa Olmazor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari (2002−2005) bo‘lgan. Irgashev 2017-yilda Uchtepa tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.