Shahrisabzdagi masjidda tadbirkor 40 ming dollarga yaqin pulini oldirib qo‘ydi

Ushbu jinoyatni Buxoro va Toshkent shahrida yashovchi ikki fuqaro sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar
Sputnik

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organi xodimlari Qashqadaryo viloyatidagi masjidlardan birida tashrif buyuruvchining salkam 40 ming dollar pulini o‘zlashtirib olgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida xususiy tadbirkor IIBga ariza bilan murojaat qilib, "Hazrati Imom" jome masjidining tahoratxonasida ichida 38740 dollar bo‘lgan barsetkasini unutib qoldirganligi va bir ozdan so‘ng qaytib kelib barsetkasini topolmaganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro va Toshkent shahrida yashovchi ikki fuqaro sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.