Isakov rahbarligidagi hukumat iste’foga chiqmoqda - parlament ishonchsizlik bildirdi

Qirg‘iziston Jokorgu Keneshining 19-aprel kuni o‘tkazilayotgan yalpi majlisida Hukumatga nisbatan ishonchsizlik bildirilishi masalasi muhokama qilindi
Sputnik

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Jogorku Kenesh ko‘pchilik ovoz bilan Sapar Isakov rahbarligidagi hukumatga ishonchsizlik bildirdi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Ilgariroq boshqaruv koalitsiyasiga kiruvchi SDPK va "Qirg‘iziston" fraksiyalari Vazirlar mahkamasi hisobotini qoniqarli deb topgan edi. Koalitsiyaning uchinchi ishtirokchisi — "Bir Bol" — uni tinglamagan. Ungacha esa parlament oppozitsiyasi ("Onuguu — Progress", "Ata Meken" va "Respublika — Ata-Jurt" fraksiyalari) Hukumatning 2017-yil uchun hisobotini qoniqarsiz deb topgan.

Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov O‘zbekistonga keldi
Deputat Mirlan Bakirovning ta’kidlashicha, bugun parlamentda tarixiy voqea yuz bermoqda, nega deganda Jokorgu Kenesh ilk marotaba hukumatga ishonchsizlik votumini bildirmoqda.

Ovoz berish yakuniga ko‘ra(101 deputat ovoz bergan), Jokorgu Kenesh Vazirlar mahkamasiga ishonchsizlik bildirishi haqidagi qarorni qabul qilgan. 

Hukumatga ishonchsizlik bildirilganidan keyin prezident Vazirlar mahkamasining iste’fosi haqida qarorni qabul qilishga yoki Jokorgu Kenesh qaroriga e’tiroz bildirishga haqli.

O‘tgan yilning avgust oyiga qadar hozirgi prezident Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston Bosh vaziri bo‘lgan. Uning saylovlar tufayli iste’fosidan keyin Vazirlar Mahkamasiga Sapar Isakov rahbar bo‘lgan edi.