Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan birining nomi o‘zgardi

Yangi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi endilikda Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi deb o‘zgartirildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri. 

Qo‘mita nomining o‘zgarishi mas’uliyat sohasi kengayganligi bilan bog‘liq. Avval qo‘mitaning faoliyat doirasi faqat axborot sohasi rivojlanishiga qaratilgan bo‘lsa, endilikda qo‘mita innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotining turli sohalariga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish yo‘nalishida ham faoliyat yuritadi. Bu kabi qo‘mitalar Yevropa parlamentida, shuningdek Avstraliya, Irlandiya va Kanada parlamentlarida mavjud.

Toshkent davlat yuridik universiteti kollej bitiruvchilarini imtihonsiz qabul qiladi

"Oldin qo‘mitaning tarmoq yo‘nalishlarga, ya’ni telekommunikatsiya, massmedia faoliyati, axborot-kutubxona idoralar, reklama va nashrlar bozoriga ehtibor qaratilgan bo‘lsa, endi esa axborot ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarda yanada faol ishlashni boshladik", — dedi qo‘mita rahbari Ilxom Abdullayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita a’zolari turli sohalarda innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarga faol jalb etilmoqda.

"Qo‘mita innovatsiya sohasida huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa innovatsion faoliyat natijalarini yaratish, rivojlantirish borasida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qiladi", — deb qo‘shimcha qildi Ilxom Abdullayev.