AQShda Suriya bombardimon qilinishiga qarshi namoyishlar o‘tkazildi

Suriya bombardimon qilinishidan norozi bo‘lgan yuzlab namoyishchilar AQSh shaharlar ko‘chalariga chiqishdi.
Sputnik

AQShning bir qator shaharlarida ko‘p sonli mitinglar o‘tkazildi. Namoyishchilar "Suriyadan qo‘lingni ol" va "Urush va tajovuzlikni to‘xtatinglar " — degan plakatlar bilan chiqishdi.

AQShning 35 ta shaharlarida mitinglar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 13-apreldan 14-aprelga o‘tar kechasi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi harbiy va fuqaro inshootlariga qarata yuzdan ortiq raketa uchirdi.

AQSh rahbarining aytishicha, u Suriyaning Duma shahrida o‘tgan haftada yuz bergan kimoviy hujumdan so‘ng Suriyaga "nuqtaviy zarbalar" berish qarorini qabul qilgan.