TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi Shayrat aviabazasiga qilingan raketa hujumini qaytardi, aerodrom tomon uchirilgan o‘nga yaqin raketa urib tushirildi. Bu haqda hukumat qo‘shinlaridagi manbaga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
Suriyaning SANA milliy agentligi ham raketalar urib tushirilgani haqidagi xabarni tasdiqladi.
"Havo hujumidan mudofaa tizimi Xomsa tumanida havo hududini buzib kirgan raketalarni urib tushirdi", — deb xabar berdi agentlik.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, aviabazaga otilgan to‘qqizta raketa urib tushirilgan.
"Al-Mayadin" telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida qurbon va vayronalar bo‘lmadi.
Pentagon AQSh Shayrat aviabazasi atrofida hech qanday jangovar operatsiya o‘tkazmaganini ma’lum qildi.