Toshkentda 1-maydan boshlab sovuq suv narxi oshadi

Toshkent shahrida iste’molchilar uchun ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori 1 kub metr uchun 100 so‘mdan olinadi
Sputnik

TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Shu yil 1-maydan  boshlab Toshkent shahri bo‘yicha sovuq suv uchun yangi tariflar joriy etiladi. Bu haqda “Suvsoz” korxonasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, suv ta’minoti bo‘yicha 1 kub metr uchun 245 so‘m, oqova suv bo‘yicha 1 kub metr uchun 210 so‘m narx belgilandi. Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Ma’lum qilinishicha, 2018-yil uchun Toshkent shahrida iste’molchilar uchun ichimlik suv ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdori 1 kub metr uchun 100 so‘mdan olinadi.