O‘zbekiston bilan chegara ochilgach Tojikistonda narxlar tushib ketdi

O‘zbekistonlik tijoratchilar yangi bozorni o‘zlashtira boshladilar va tojikistonlik aholi darhol farqni sezdi
Sputnik

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida chegara ochilganidan so‘ng Xo‘jand bozorida oziq-ovqat mahsulotlarinarxi sezilarli darajada tushib ketdi.

Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik tijoratchilar o‘zlari uchun yangi bozorni o‘zlashtira boshlashgan.

Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi
Mahalliy aholi narxlarda yuzaga kelgan farqni allaqachon his qilgan. Endilikda sabzi va piyozni bir kilosi uchun 1 somoni narxida, kartoshkani taxminan 3,50 somoniga, qulupnayni esa — 15 somoniga olish mumkin.

Shunga o‘xshash holat So‘g‘d viloyatida ham kuzatilmoqda.

Endilikda bir kilogramm bodring 7 somoni (ilgari 10 somoni turgan), pomidorlar esa bir kilosi taxminan 14-20 somoniga sotilmoqda.

Shu bilan birga savdogarlar yaqin vaqtlarda yangi yetilgan sabzavot va mevalar kelib tusha boshlagach, narxlar bir qancha ko‘tarilishini ta’kidlashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi yakuni bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida vizasiz rejim bo‘yicha bitim imzolangan edi.