UzReport TV JCh-2018 o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi

UzReport telekanali JCh-2018 o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish eksklyuziv huquqini qo‘lga kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. UZREPORT Axborot Agentligi (UzReport TV, Futbol TV)  2018 yilgi Jahon chempionatini O‘zbekiston hududida eksklyuziv translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Agentlik o‘zining rasmiy sahifasida.

JCh-2018 ga suvenirlar ishlab chiqarish boshlandi

Dunyodagi kuchli 32 futbol jamoalari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan eng muhim o‘yinlar 14-iyundan 15-iyulga qadar Rossiyaning 11ta shaharlaridagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi.

Moskva («Lujniki» va «Spartak»), Sankt-Peterburg («Sankt-Peterburg»), Qozon («Kazan Arena»), Nijniy Novgorod («Nijniy Novgorod»), Samara («Samara Arena»), Sochi («Fisht»), Rostov-na-Donu («Rostov Arena»), Yekaterinburg («Yekaterinbrug Arena»), Volgograd («Volgograd Arena»), Kaliningrad («Kaliningrad»), Saransk («Mordoviya Arena»).

O‘zbekistonlik millionlab futbol ishqibozlari ushbu o‘yinlarni UzReport TV va Futbol TV kanallari orqali jonli efirda kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, UzReport TV 2016-yilgi Yevropa chempionati, 2016, 2017-yillardagi UYeFA Superkubogi o‘yinlari, 2017-yildagi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlari o‘yinlarini jonli efirda namoyish qilib kelgan edi.