O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘zaro hamkorlik qiladi

Rossiyalik taniqli mutaxassislar o‘zbekistonlik murabbiylarga o‘quv-kurslar, seminarlar tashkil etishadi
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya Olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilishi bo‘yicha memorandum imzolandi, deb xabar berdi Rossiya Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Qishki Olimpiada o‘yinlarida: kecha va bugun

Xabar qilinishicha, juma kuni Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Aleksandr Jukov O‘zbekiston MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Memorandumga ko‘ra, ikki tomonlama hamkorlik samarali rivojlanishi uchun ish olib boriladi. Rossiyalik taniqli mutaxassislar o‘zbekistonlik murabbiylarga o‘quv-kurslar, seminarlar tashkil etishadi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, soha rivojiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar, darsliklar yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti uchun ham beriladi.