Toshkentga konditsionerli MAN avtobuslari keltiriladi

Siqilgan gazda ishlaydigan past polli avtobuslar Samarqanddagi JV MAN Auto-Uzbekistan korxonasida ishlab chiqariladi
Sputnik

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. 2018 yilda Toshkent avtobus parki konditsioner bilan jihozlangan 80 dona MAN avtobuslari bilan boyiydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Siqilgan gazda ishlaydigan past polli avtobuslar Samarqanddagi JV MAN Auto-Uzbekistan korxonasida ishlab chiqariladi.

Toshkentda tabiiy gazda yuradigan zamonaviy avtobuslar sinovdan o‘tkaziladi

Uning saloni keng bo‘lib, 90 nafargacha yo‘lovchi sig‘adi.

"Siqilgan gazda ishlaydigan avtobuslarning ustun jihati shundaki, ular dizel bilan yuradigan avtobuslarga nisbatan sezilarli darajada kam zararli modda chiqaradi. Yangi texnologiyalarning qo‘llanishi natijasida yoqilg‘i xarajati 30-35%ga kamayadi. Shuningdek, bu avtobuslar past shovqin chiqaradi", — dedi JV MAN Auto-Uzbekistan vakili.

Avtobuslarga 310 ot kuchiga ega dvigatellar o‘rnatilgan bo‘lib, yo‘lovchilar xavfsizligi va qulayligi uchun harakatni elektron boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.

Korxona uch yil davomida poytaxt avtoparkiga 350 dona MAN avtobuslarini yetkazib berishi rejalashtirilgan.