TOShKENT, 13 apr — Sputnik. 25-aprel kuni Londonda bundan ming yil avval tikilgan ko‘ylak sotuvga qo‘yiladi, deb yozadi New York Times.
Ko‘ylak ipakdan tayyorlangan bo‘lib, unga tumshug‘iiga dur qadalgan o‘rdak tasviri tushirilgan.
Olimlarning fikricha, ko‘ylak So‘g‘d imperatori saroyidagi xizmatchiga tegishli bo‘lgan.
So‘g‘diyona imperiyasi bundan taxminan ming yil ilgari hozirgi O‘zbekiston va Tojikiston hududida bo‘lgan.
Londondagi kimoshdi savdo uyi ko‘ylakni 700 ming dollarga baholamoqda.