Lavrov Dumadagi kimoviy hujum sahnalashtirilgan tomosha ekanligini ma’lum qildi

TIVning bayonot berishicha, Suriya qo‘shinlari tomonidan zaharlovchi moddalar qo‘llangani haqida xabar tarqatishdan maqsad, terrorchilarni himoya qilish va tashqaridan beriladigan ehtimoliy zarbalarni oqlashdir
Sputnik

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Moskva Suriyaning Duma shahrida sodir etilgan deb taxmin qilinayotgan kimoviy hujum sahnalashtirilgan tomosha ekanligi borasida rad etib bo‘lmas dalillarga ega, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bunda "rusofobiya kampaniyasining oldingi saflarida bo‘lishga intilayotgan bir davlat maxsus xizmatlarining qo‘li bor".

Lavrov Kimoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti missiyasi Suriyaga yo‘l olganini eslatib o‘tdi.

"Missiya menimcha ertaga ertalab Damashqqa yetib keladi va biz ular zudlik bilan Dumaga borishlarini kutmoqdamiz. U yerni ko‘zdan kechirgan mutaxassislarimiz kimoviy qurol, xlor yoki boshqa narsa ishlatilganligining hech qanday isbotini topishmadi", — dedi u.

TIVning bayonot berishicha, Suriya qo‘shinlari tomonidan zaharlovchi moddalar qo‘llangani haqida xabar tarqatishdan maqsad, terrorchilarni himoya qilish va tashqaridan beriladigan ehtimoliy zarbalarni oqlashdir.