Toshkentda ShHT majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda ShHT mamlakatlari o‘zaro transport tizimlarini rivojlantirish, chegaralardan o‘tish mexanizmlarini soddalashtirish masalalarini muhokama qilishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkentda 11-12 aprel kunlari Shanxay hamkorligi tashkiloti a’zo mamlakatlar tranzit potensialini rivojlantirish bo‘yicha majlis o‘tkazmoqda.   

Tadbir doirasida ShHTga a’zo mamlakatlar vakillari o‘zaro transport tizimlarini rivojlantirish, chegaralardan o‘tish mexanizmlarini soddalashtirish masalalarini muhokama qilishmoqda.

Ushbu sohada avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu dastur ShHT mamlakatlari hududida xalqaro avtomobil qatnovlari uchun qulay sharoit yaratish, xalqaro transport xizmatlari bozorida ShHT raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Shuni alohida qayd etish kerak-ki, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturida ShHTning yangi a’zolari — Hindiston va Pokiston ham ishtirok etmoqda.