TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Ertaga, 13-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrifi rejalashtirilgan, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.
“Davlatimiz rahbari sanoat korxonalari, madaniyat va sport majmualari bilan tanishib, viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, shaharlar va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab beradi”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimiga saylanganidan buyon, joylardagi muammolar, islohotlarning amalga oshirilishi va kelajakdagi rejalar bilan shaxsan tanishish maqsadida O‘zbekistonning barcha viloyatlariga doimiy ravishda tashriflar uyushtirib kelmoqda.