Ushbu loyiha rahbari Pavel Kazmerchuk Sputnik tahririyatiga nima uchun kosmik apparatini Oyga uchirishning asosiy maqsadlarini aytib berdi.
"Luna-25 kosmik apparatida ikkita asosiy vazifasi bor. Birinchisi — bu Oyda yengil qo‘nishni amalga oshirish. Rossiya 40-yildan ortiq vaqt Oyga qo‘nmagan. Texnik imkoniyatimiz eskirib qoldi. Ikkinchi vazifa — bu Oyning janubiy qutbida suv va foydali qazilmalarini izlash. Bilvosita dalillarga qaraganda Oyda suv bor", — deb ta’kidladi olim.
Kazmerchukning so‘zlariga ko‘ra, agarda Oyda suv topilsa, bu kosmonavtika kelajagi uchun foydali bo‘ladi. Shuningdek, Oydagi bazalarni ta’minoti va yonilg‘ini sintez qilish uchun ishlatish mumkin bo‘ladi.