O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviareyslar soni ikki baravardan ko‘proqqa oshiriladi

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun chastotalar soni ikki baravardan ko‘proq oshiriladi. Bu haqda Rossiya Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kecha, 11-aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston aviatsiya rahbariyatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

"Muzokaralar davomida Rossiya va O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun chastotalar sonini ikki baravardan ko‘proqqa oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda shartnomaviy yo‘nalishlarda tijorat huquqlarini kengaytirish borasida yo‘l xaritasi imzolandi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya yangi aviareyslar borasida bir qarorga kela olmagani xabar qilingandi.