TOShKENT, 11 apr — Sputnik. 2018-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Eron Islom Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston-Eron savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, tantanali marosimda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Eron Islom Respublikasi sanoat, tog‘-kon sanoati va savdo vazirining o‘rinbosari Modjtaba Xosrovtadj, Tehronda savdo uyi va O‘zbekiston milliy mahsulotlarining muntazam faoliyat ko‘rsatadigan shou zalining ishiga start berishdi.
Marosimda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikromov va ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ham ishtirok etishdi.
Savdo uyi "O‘zsanoateksport" AJ va Eronning "Fawakeh Company" bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ta’kidlaganidek, savdo uyining asosiy vazifasi O‘zbekistonda ishlar chiqarilgan keng ko‘lamli mahsulotlar haqida Eronliklar uchun faol ma’lumot berib borishdir.