AQShda "Qiyomat kuni" samolyoti havoga ko‘tarildi

E-4B samolyotining "Qiyomat kuni" deb nomlanishi sababi shundaki, quruqlikdagi boshqaruv tuzilmalari barbod qilingan yoki zararlantirilgan taqdirda, undan yadroviy mojaro sharoitida buyruq berish punkti sifatida foydalanish mumkin
Sputnik

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. AQSh "Qiyomat kuni" samolyoti deya tanilgan E-4B Nightwatch havo kemasini osmonga ko‘tardi. Bu fakt CivMilAir monitoring resursi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda o‘z ifodasini topgan, deb yozadi RIA Novosti.

Xaritada havo kemasi Indiana shtati osmonida ekani ko‘rinib turibdi.Airborne from Wright-Patterson?!

​E-4B samolyotining "Qiyomat kuni" deb nomlanishi sababi shundaki, quruqlikdagi boshqaruv tuzilmalari barbod qilingan yoki zararlantirilgan taqdirda, undan yadroviy mojaro sharoitida buyruq berish punkti sifatida foydalanish mumkin.

Bort havoda zapravka qilinishi sharti bilan bir hafta osmonda uchishi mumkin. E-4B samolyotiga o‘rnatilgan uskuna atom bombasining zararlantiruvchi omillaridan himoya qilingan.

Ushbu samolyot havoga qaysi sabab bilan ko‘tarilgani haqida ma’lumot yo‘q. OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, E-4B samolyoti xuddi "yadroviy chemodan"li adyudant singari AQSh prezidentiga ba’zi xorijiy safarlarida hamrohlik qilar ekan.