O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuz bergan hodisa bilan maxsus guruh shug‘ullanadi

Ushbu hodisani o‘rganish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruh tarkibidan chegarachilar, huquq tartibot xodimlari va ikki mamlakat mahalliy hukumati vakillari o‘rin oldilar
Sputnik

TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida yuz bergan, ya’ni qo‘shni davlat chegarachisi qirg‘izistonlikni otib qo‘ygan hodisa maxsus guruh tomonidan o‘rganiladi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmati rahbarlari uchrashuv o‘tkazishdi

Nashr xabariga ko‘ra, bu haqda bugun, 11-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi Chegara xizmati raisi Ularbek Sharsheyev Bosh vazir Sapar Isakovga axborot bergan.

"Haroqlama va xolisona o‘rganish uchun ikki mamlakat chegara xizmati muassasalari, tuman ma’muriy rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari, prokuratura va chegara oldi hududlari kadastr xizmatlari vakillaridan iborat hamkorlikdagi ishchi guruhi tuzilgan", — degan Sharsheyev.

Sharsheyevga ko‘ra, O‘zbekiston tomon 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2018-yildan buyon sodir bo‘lgan ikki hodisa bo‘yicha ham chegara xizmatlari muassasalari darajasida yaqin hamkorlikka tayyorligini bildirgan.