Qirg‘izistonda "O‘lmas polk" aksiyasiga tayyorgarlik boshlandi

Marshrut uzunligi 6,6 kilometrni tashkil etadi, kolonna yo‘lga chiqqan vaqtda ko‘chalar to‘siladi
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Bishkekdagi "O‘lmas polk" xalqaro aksiyasi jamoatchilik shtabi a’zolari 9-may kuni o‘tkaziladigan marshga tayyorgarlikni boshlab yubordilar, deb xabar qildi tadbir tashkilotchilari. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Bishkekda to‘rtinchi bor "O‘lmas polk" aksiyasi bo‘lib o‘tadi
"Jamoatchilik shtabi a’zolarining Bishkek shahar keneshi vakillari bilan majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ishtirokchilari G‘alaba kuniga bag‘ishlangan keng ko‘lamdagi bayram marshini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni muhokama qildilar", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, kolonna marshruti o‘zgarishsiz qoladi — "O‘lmas polk" ishtirokchilari Baytik Baatir ko‘chasidagi G‘alaba bog‘idan (Janubiy darvoza) G‘alaba maydonigacha yurib boradilar.

Marshrut uzunligi 6,6 kilometrni tashkil qiladi.

Kolonna harakatlanayotgan vaqtda ko‘chalar to‘sib qo‘yiladi. Marsh ishtirokchilari xavfsizligi poytaxt militsiyasi, xalq drujinachilari va ko‘ngillilar tomonidan ta’minlanadi. "O‘lmas polk" tadbiriga harbiy orkestr va Ulug‘ Vatan urushi faxriylari o‘tirgan Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi avtomobillari boshchilik qiladi. Marsh 10.00da boshlanadi.