Rossiyada Ravon avtomobillarining narxi oshdi

Kompaniya matbuot xizmati narxlar qimmatlashishiga utilizatsiya yig‘imining oshishi sabab bo‘lganligini bildirgan
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiyada O‘zbekistonning Ravon brendi avtomobillari narxi ko‘tarildi, deb yozadi Sputnik Tojikiston "Za rulem"ga asoslanib.

Ravon Rossiyada sotuv rekordini o‘rnatdi

Xabarda aytilishicha, Ravon R2 va Ravon Nexia sedanining narxi 20 ming rublga oshgan.

R2 489 mingdan 559 minggacha, Nexia 499 mingdan 599 ming rublgacha etib belgilangan.

Kompaniya matbuot xizmati narxlar qimmatlashishiga utilizatsiya yig‘imining oshishi sabab bo‘lganligini bildirgan.

O‘tgan oyda Ravon avtomobillari sotuvi 2017-yilning mart oyidagiga nisbatan sezilarli darajada – 71%ga oshgan.

Yil boshidan buyon o‘tgan uch oy davomida esa sotuv hajmi 152%ga o‘sgan.