Noqonuniy migratsiyani tashkillashtirgani uchun o‘zbek va qozoq koloniyaga jo‘natildi

Yovuz niyatli shaxslar yordami bilan Rossiyaga kirish ta’qiqlangan O‘zbekiston va Qirg‘izistonning to‘qqiz nafar fuqarosi Qozog‘iston chegarasi orqali Rossiyaga kirib borishgan. Noqonuniy migratsiya tashkilotchilari o‘z xizmatlari uchun 300 ming rubldan ko‘proq mablag‘ olganlar
Sputnik

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Chelyabinsk viloyati Varnenskiy tuman sudi Rossiyaga noqonuniy migratsiyani tashkillashtirish bilan shug‘ullangan Qozog‘iston va O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosini 2 va 3-yilga koloniyaga mahkum etdi.

"Ular RF JK 322 modda ikkinchi qismi "a" bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sud tomonidan sheriklarga umumiy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida jazoni o‘tash ko‘rinishida 2 va 3-yillik ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan", — deb xabar qilmoqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati.

Patrushev: noqonuniy migratsiya - terrorchilik rivojlanishi uchun qulay muhit yaratmoqda

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sheriklar 2016-2017 yillarda pul evaziga Rossiyaga kirish ta’qiqlangan O‘zbekiston va Qirg‘izistonning to‘qqiz nafar fuqarosiga Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirib kelishni tashkillashtirib berganlar.

Ayblanuvchilar RF noqonuniy kirib borishni xohlovchilarni topishgan va ularni Qozog‘iston chegarasiga olib kelishgan. U yerda noqonuniy migrantlar kesib o‘tish joyi va qoidalari haqida tegishli ko‘rsatmalarni olgan, shuningdek, maxfiylik va Rossiya hududiga kirib borgandagi keyingi harakatlari haqida ogohlantirilgan. Shundan so‘ng ular Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga olib o‘tilgan.

Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun noqonuniy migratsiya tarafdorlari yovuz niyatli shaxslarga 300 ming rubldan ortiq mablag‘ to‘laganlar.

Prokuratura xabariga ko‘ra, noqonuniy odam tashuvchilar faoliyati o‘tgan yilning may oyida fosh qilingan.