Bugun 9-aprel kuni, Amir Temur tavallu topgan qishloq Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida joylashgan “Xo‘ja Ilg‘or” posolkasida Amir Temur tavalludining 682-yilliga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Xalqaro press-klub matbuot xizmati.
Xalq sayli ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan tadbirda, dalada qurilgan o‘tov, chaqaloq tug‘ilishi, Temurbekning otga minishi, polvon toshini ko‘tarishi kabi teatrlashtirilgan sahnalar, baxshilarning chiqishlari milliy qo‘shiq va raqslar o‘rin oldi. Shuningdek tabdir davomida tarixiy olimlar, sayyohlar bilan suhbatlar uyushtirilib ushbu joy haqida ularning fikri o‘rganildi.
Tadbir Qashqadaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi ishtirokida tashkil qilindi. Tadbir doirasida Xalqaro press-klubning “Xo‘ja ilg‘or qayta kashf qilingan tarix – yangi sayyohlik yo‘nalishi” mavzuyida sayyor sessiyasi tashkil etildi.