O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi blis bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Shaxmatning tezkor turi – blis bo‘yicha 12 yoshli sportchilar orasida o‘zbekistonlik Umida Omonova chempion bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekistonlikUmida Omonova Tailandda blis bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritidi deb  xabar qilmoqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi.

Blis shaxmat bo‘ycha musobaqalarda o‘yinlar 3 daqiqa davom etadi. Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik Umila Omonova 7,5 ball jamlab barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozondi.

Umida Omonova

16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar orasida Abdimalik Abdisalimov juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. U 7 ball jamlab kumush medal sohibi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik boshqa sportchilari quyidagi natijalarga erishishdi:  Xegay Yuliya — 6 ochko, Eminjonov Muzaffarjon — 5,5 ochko, Olimova Odina — 5 ochko, Orazmuxammedova Maxim — 4 ochko va Islamov Shaxzod — 3 ochko.

Ushbu musobaqada O‘zbekistondan 7 nafar sportchi hamda murabbiy Gevorgan Irina va xalqaro arbitr Turdialiyev Xusan Xudaykulovichlar ishtirok etishmoqda.

Tailandda 1-8 aprel kunlari 8,10, 12, 14, 16 va yoshli sportchilar orasida shaxmatning rapid, standart va blis turlari bo‘yicha  Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 9-aprel kuni Tailandda standart shaxmat bo‘yicha yakuniy musobaqalar bo‘lib o‘tadi.