Afg‘oniston samolyotlari O‘zbekistonda ta’mirlanadi

O‘zbekiston Afg‘oniston uchun aviatsiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda yordam beradi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Uzbekistan Airways Technics kompaniyasi afg‘on samolyotlariga texnik xizmat va ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Juda muhim hujjat: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi

Bu haqda kelishuv Tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston trasport vaziri Muxammad Xamid Taxmasi bilan erishildi.

"Shuningdek, O‘zbekiston Afg‘oniston uchun aviatsiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda yordam beradi", — deb ta’kidlandi vazirlikda.

Uzbekistan Airways Technics milliy aviatashuvchi Uzbekistan Airways kompaniyasining korxonasi hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida 80 mingdan ortiq samolyotlarni kapital ta’mirlashdan chiqardi.

Bugungi kunda korxona mahalliy va xorijiy kompaniya samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun barcha zarur texnik jihozlarga va yuqori malakali kadrlarga ega. Bu yerda har yili kamida 10 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlari ta’mirlanadi. Ular asosan Rossiya va Qozog‘iston samolyotlaridir.

Tinchlik uchun: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro anjumani foto-suratlari

Asosiy istiqbolli buyurtmachilar — Afg‘oniston, Xitoy, Eron, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa MHD davlatlari. Bu mintaqada 5 ming kilometr masofada bu darajadagi quvvatga ega bo‘lgan kompaniya mavjud emas.

O‘tgan yil noyabr oyida afg‘on Kam Air aviakompaniyasi Toshkent va Qobul o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘ygandi. Afg‘on aviatashuvchining birinchi samolyoti 29-noyabr kuni Toshkentda qo‘ngandi.

Shuningdek, ushbu aviakompaniyaning bir nechta pilotlari "O‘zbekiston havo yo‘llari" o‘quv-mashq markazida tayyorgarlikdan o‘tdi.