TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Sputnik Qirg‘iziston radiosi efirida Andrey Razansev 16-aprel sanasiga qadar hujjatlarni rasmiylashtirish borasida hamda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish singari ishlarda shoshilish kerak emasligini ta’kidladi. Astrologga ko‘ra, ayni vaqtda boshlab qo‘yilgan ishni yakuniga yetkazish hamda munosabatlarni tiklash vaqtidir.
"Ushbu haftada sodir bo‘ladigan tasodifiy uchrashuvlar eski do‘stona munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Ilhom tufayli ijodiy loyihalar va dizaynerlik ishlarini yakuniga yetkazish mumkin. Erishilgan natija albatta xursandchilik bag‘ishlaydi. Anchadan beri cho‘zilib kelayotgan muammolarni bartaraf etib, o‘tmishning negativ merosidan xalos bo‘lasiz va yangi oy chiqishiga qadar kuchlaringizni tiklab olamiz", — deb ta’kidlagan munajjim.
Astrologning to‘liq bashoratini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.