O‘zbekistonda nikohdan ajratish jarayoniga o‘zgartirish kiritildi

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo‘shimcha kiritish haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo‘shimcha kiritish haqidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak, deya ma’lum qiladi Adliya Vazirligi.