Jizzaxda hokim o‘rinbosarlariga avtomobillar berildi

Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosariga hamda shahar va tuman hokimlari o‘rinbosarlariga "Lasetti" va "Neksiya-3" avtomobillari topshirildi
Sputnik

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Jizzaxda hokim o‘rinbosarlariga xizmat avtomobillari berildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda
"Jizzax viloyat hokimligida viloyat hokimi hamda shahar va tuman hokimlarining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirish korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga xizmat avtomobillari berildi", — deyiladi xabarda.

Viloyat hokimi o‘rinbosariga 1 dona "Lasetti" rusumli, shahar va tumanlar hokimi o‘rinbosarlariga 1 donadan jami o‘n uch dona "Neksiya-3" rusumli xizmat avtomashinalari topshirilgan.

Ilgariroq Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kelib tushgan 5337 murojaatdan 71% ini qanoatlantirgani uchun "Murojaatlar bilan ishlashda eng zo‘r hokimlar" ro‘yxatidan o‘rin olgan edi.