TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Britaniyalik josus va Razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripalga hamda uning qizi Yuliyaga yangi ismlar ostida AQShga ko‘chib o‘tishni taklif etishadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Sunday Times asosida.
Nashr xabariga ko‘ra, bunday chora "yangi suiqasdlardan himoya"ga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, britaniyaning Mi-6 maxfiy xizmati SRUdagi hamkasblariga murojaat etishgan va Skripallarning xavfsizligini ta’minlash uchun mamlakatni tanlash masalasida yordam so‘rashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Skripallar ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar orasida shuningdek, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya ham bor.
"Ular ko‘chib o‘tishi ehtimolga ancha yaqin bo‘lgan joy — Amerika, chunki u yerda ularni o‘ldirish imkoniyati kamroq va u yerda ularni himoya qilish osonroq", — deb aytgan muzokaralardan xabardor manba.
Bundan tashqari manba ikkala jabrlanganlar ham hushida ekanligini va tez orada tergov ishlariga yordam berishlari mumkinligini ma’lum qilgan.
Ilgariroq to‘rtinchi mart kuni Sergey skripal va uning qizi Yuliyaga Britaniyaning Solsberi shaharchasida A234 zaharli moddasi yordamida tajovuz uyushtirilgan edi. London zudlik bilan Moskva nomiga ayblovlar yog‘dirdi va bu bilan diplomatik inqirozni yuzaga keltirdi. Rossiya barcha ayblovlarni asossiz deya, qat’iy rad etib kelmoqda.