Kanadada fojia: YTH oqibatida yoshlar jamoasi xokkeychilari halok bo‘ldi

Kanadada yoshlar xokkey jamoasini olib ketayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Sputnik

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Kanadada Humboldt Broncos yoshlar xokkey jamoasini olib ketayotgan avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mamlakat qirollik jandarmeriyasiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Molodejnaya xokkeynaya komanda Humboldt Broncos

Avtobusda hammasi bo‘lib 28 kishi bo‘lgan. Ulardan o‘n to‘rt nafari halok bo‘lgan, qolganlar turli darajada tan jarohati olgan. Uch kishining ahvoli og‘ir.

Yo‘l-transport hodisasi juma kuni kechqurun Saskachevan provinsiyasidagi trassalardan birida yuz bergan. Hozirda halokat sabablari aniqlanmoqda.