Tojikiston O‘zbekistondan boshqa hammaga yuk tashish narxlarini oshirdi

Tojikiston shimolidagi temir yo‘llar orqali neft mahsulotlarini tashish narxi deyarli 60%ga, suyultirilgan gazni tashish narxi 93%ga, boshqa mahsulotlar uchun esa 2,4 baravarga oshdi
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Tojikiston shimolida temir yo‘l orqali yuk tashish narxlari oshirildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston TojikTAga tayanib.

"Tojikiston temir yo‘l kompaniyasi So‘g‘d viloyati hududi orqali yuk olib o‘tishning ichki tariflarini sezilarli darajada oshirdi. Yangi tariflar shu yilning 5-aprelidan boshlab amal qiladi", — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, 5-apreldan Tojikiston shimolidagi temir yo‘llar orqali neft mahsulotlarini tashish narxi deyarli 60%ga, suyultirilgan gazni tashish narxi 93%ga, boshqa mahsulotlar uchun esa 2,4 baravarga oshdi.

Misol uchun, endilikda "Sari Og‘och" (Qozog‘iston) punktidan Xo‘jandga bir tonna benzin yetkazish 57,94 dollarga tushadi (avval 37,85 dollar edi). Suyultirilgan benzin uchun esa yetkazib beruvchi 40,16 dollar to‘laydi (avval 28,8 dollar).

Bu o‘zgarishlar faqatgina O‘zbekistondan keltiriladigan yuklarga taalluqli emas.