Yangilangan Toshkent–janubiy vokzal qanday ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ldi

Janubiy vokzal yangi binosi zamonaviy va qulay bo‘lib uning dizayni takrorlanmas va o‘ziga xos uslubda amalga oshirilgan.
Sputnik

Endi bu vokzalga mahalliy yo‘nalishdagi barcha poyezdlar va shaharlararo elektrichkalar o‘tkaziladi. Jumladan, Janubiy vokzaldan Urganch, Buxoro, Qo‘ng‘irot, Olot, Shovot, Termiz, Sariosiyo, Sirdaryo va Guliston yo‘nalishlaridagi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yangilangan Janubiy vokzal har kuni 11 ming yo‘lovchini qabul qilishi mumkin. Shuningdek, vokzal 17 tagacha poyezd tarkiblarini qabul qilish va jo‘natish imkoniyatiga ega.

Kelgusida zamonaviy, shinam va qulay bo‘lgan yangi Janubiy vokzal O‘zbekiston transport tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanadi.