TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Tojikiston "Tolibon" bilan aloqa qilmaydi, bu harakat respublikada terrorchilik tashkiloti deb tan olingan. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
Avvalroq Qunduz viloyatilik deputat Kamol Afg‘oniston hukumat kuchlari bilan janglarda yarador bo‘lgan "Tolibon" jangarilari Tojikistondagi shifoxonalarda tibbiy yordam olishayotganini aytgandi.
"Tojikiston "Tolibon" harakati bilan hech qanday aloqani qo‘llab-quvvatlamaydi, lekin OAVda vaziyatni keskinlashtirish maqsadida vaqti-vaqti bilan ushbu mavzuga oid turli ig‘vogarona bayonotlar paydo bo‘lmoqda", — dedi Ulug‘xo‘jayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat barqaror va noqonuniy harakatlarni o‘z vaqtida bartaraf eta oladigan tojik chegarachilari nazorati ostida.