Times "Novichok" moddasi taxminan qayerda ishlab chiqarilganini ma’lum qildi

Nashr xabariga ko‘ra, gap Saratov viloyatida joylashgan kimoviy laboratoriya haqida bormoqda
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Britaniya maxsus xizmatlari Razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripalni zaharlashda foydalanilgan modda qayerda ishlab chiqarilgani haqida o‘zlarining taxminlarini ma’lum qilishdi, deb xabar bergan Times nashri.

Nashr xabariga ko‘ra, gap Saratov viloyatida joylashgan kimoviy laboratoriya haqida bormoqda. Bunda gap Shixani shahridagi harbiy ilmiy-tadqiqot instituti haqida bormoqda.

"Rossiya 1" Yuliya Skripalning opasi bilan suhbatini e’lon qildi
Xabarga ko‘ra, London o‘z ittifoqdoshlariga Sergey Skripalning zaharlanishida Moskvaning qo‘li borligini isbotlash va ularni Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga ishontirish uchun ushbu ma’lumotni brifingda taqdim etgan.

Nashr ta’kidiga ko‘ra, ushbu majlis yakuniga ko‘ra 28 mamlakat 150 nafar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishgan.

"Skripal ishi"

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4-mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi.

Britaniya tomon Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishida Rossiyaning aloqasi borligini ta’kidlamoqda. Rasmiy Moskva buni qat’iy inkor etib kelmoqda. O‘tgan haftada Yevropa ittifoqining qator mamlakatlari, shuningdek, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va ba’zi boshqa davlatlar Solsberidagi hodisa tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Moskva xuddi shunday javob choralarini qo‘lladi.

Shu kunlarda Britaniya Rossiya tomonning Solsberidagi hodisa bo‘yicha birgalikda surishtiruv o‘tkazishi haqidagi taklifini rad etdi. London shuningdek Moskvaga Sergey Skripal va uning qizi bilan aloqaga imkon qoldirmayapti.

Britaniya Mudofaa vazirligi maxfiy laboratoriya rahbari 3-aprel kuni Sky Newsga bergan intervyusida ekspertlar "Novichok" moddasining kelib chiqish manbaini aniqlay olmaganliklari haqida bayonot bergan edi.