TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2021 yil 1-yanvarga qadar O‘zbekistonga olib kiriladigan meva va sabzavotlarni tashish uchun mo‘ljallangan traktorlar va yuk mashinalar bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tegishli hujjatni imzoladi.
Hujjatga talablariga asosan Respublikaga olib kiriladigan gildirakli traktor va 20 tonnagacha bo‘lgan tagachlar, shuningdek pritseplar bojxona boji va aksiz solig‘idan ozod etiladi. Hozirgi kunda bu transport vositalariga ularning bojxona qiymatidan 70 foiz bojxona to‘lovlari hisoblandi. Hujjat meva va sabzavotlarni yetishtirish, saqlash, qayta ishlash hamda eksport qilish choralarni takomillashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, 2018-yilda viloyatlarda meva va sabzavot klasterlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi. Ushbu klasterlarga 2019-yildan barcha tumanlarda meva va sabzavotlarni yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar to‘liq jalb qilinadi.
O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi va qayta ishlangan meva va sabzavotlarning eksport hajmi 2017-yil yakuni bo‘yicha 15,6 % ga ya’ni 708,8 million dollarga ko‘paygan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, meva va sabzavotlar katta qismi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida imtiyozlaridan foylanadigan Qozog‘iston vositachilari orqali Rossiyaga yetkazilmoqda.
2016 yil dekabrda O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining olib o‘tilishida bojxona operatsiyalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibini tashkil etish to‘g‘risida" bitim imzolangandi.