TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiyaning Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkilotida (KQTT) qilgan bayonotini tashkilotga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning 14tasi qo‘llab quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, KQTTdagi Rossiyaning doimiy vakili Britaniyaning Solsberi shahrida bo‘lib o‘tgan, sobiq razvedkachi Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq voqeani, Kimoviy qurolni ta’qiqlash xalqaro konvensiyasi normalariga muvofiq ko‘rib chiqishni talab qilgan edi.
Ushbu taklifni tashkilotga a’zo bo‘lgan 41 mamlakatdan 14tasi qo‘llab-quvvatladi. Ular orasida 7ta sobiq Ittifoq respublikalari Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston hamda Suriya, Eran, Venesuela, Pokiston, Nikaragua va Kuba bor.
Eslatib o‘tamiz, Skripal ishida London Rossiyani aybdor deb e’lon qilgan, lekin hozircha hech qanday aniq isbot keltirgani yo‘q. Rossiya bu ishga uning aloqasi yo‘qligini ta’kidlab, ushbu ishni xalqaro Konvensiyaga muvofiq tekshirishni talab qilmoqda.