O‘zbekiston va Rossiya mehnat migrantlarini ishga joylashtirish masalalarini muhokama qildi

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati delegatsiyasiga mazkur idora rahbarining o‘rinbosari M.Ivankov rahbarlik qilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha mexanizmni tashkil etish jarayonidagi muammolarni hal etishning birgalikdagi yechimlari ishlab chiqildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, Rostrud va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘rtasida axborot almashuviga oid Bitimni amalga oshirish masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari o‘tkazildi.

Rossiya va Qozog‘istonga ishlagani ketayotganlarga 1-apreldan imtiyozli chipta sotish boshlanadi

Rossiya Federatsiyasi Mehnat va bandlik bo‘yicha federal xizmati delegatsiyasiga mazkur idora rahbarining o‘rinbosari M.Ivankov rahbarlik qilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muhiddinov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i R.Ibragimov va boshqalar ishtirok etdilar.

"Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha mexanizmni tashkil etish jarayonida yuzaga kelgan va aniqlangan muammolar va masalalar muhokama etildi va ularni hal etishning birgalikdagi yo‘llari hamda yechimlari ishlab chiqildi", — deyiladi xabarda.

Ishchi guruhi va Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari, shuningdek Samarqand shahridagi Mehnat migrantlarini tayyorlash va jo‘natish markaziga tashrif buyuradilar hamda shaharning e’tiborga loyiq yodgorliklarini ziyorat qiladilar.