TOShKENT, 4 apr — Sputnik. "Yula" saytida 1980-yilda ishlab chiqarilgan GAZ-13 "Chayka" mashinasi sotuvga qo‘yilganligi to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi.
Mashina egasi so‘zlariga ko‘ra, ushbu limuzin elchixona garaji tarkibida bo‘lgan. 1982-yilda esa O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida MK KPSS bosh kotibi Leonid Brejnev bu mashinada olib yurilganligini ma’lum qildi. Mashina narxi — 30 million rubl, deb yozadi Motor nashri.
"Chayka" mashinasi shu vaqtga qadar ikki egasini almashtirib, 2 ming kmni yurishga ulgurdi. Mashina original dvigatelni ham saqlanib qoldi — 5,53 litrli V-shaklidagi (vosmerka) dvigatel quvvati — 195 ot kuchiga ega. Mashina zamonaviy uch bosqichli gidromexanik korobkaga ega. Limuzin 20 soniyada "yuzga" chiqishi mumkin. Maksimal tezligi — 160 km/s.
Mazkur "Chayka" mashinasida elektr oyna ko‘tarish va isitish tizimlari, tumanga qarshi faralar o‘rnatilgan, oynalari qoraytirilgan hamda o‘rindiqlar charmdan ishlangan.
Bundan avval, sotuvga boshqa hukumat avtomashinasi — GAZ-12 ZIM sotuvga qo‘yilganligi haqida xabar qilingandi. Ushbu mashinaga Nissan dvigateli va avtomatik transmissiya o‘rnatilib, salon ichi o‘zgartirilgan. Mashinaning narxi 20 million rubl deb baholangan.